Foto: Football24.ru
Ispaniyaning "Barselona" klubi futbolchisi Pyer-Emerik Obameyangning uyi talon-toroj qilindi.
Ma'lum qilinishicha, voqea futbolchining uyida soat birlar atrofida sodir bo'lgan. Kamida toʻrt kishi futbolchining uyidagi bog'ga bostirib kirgan.
Shundan so'ng, ular futbolchini kaltaklashgan. Shuningdek, o'g'rilar Obameyang va uning rafiqasiga o'qotar qurollar bilan tahdid qilgan.
Ular futbolchining uyiga bostirib kirib, seyfini buzishga erishgan va qimmatbaho taqinchoqlarni olib, qochib ketishgan.
Guvohlarning aytishicha, o'g'rilar oq rangli Audi A3 mashinasida qochib ketishgan.
Hozirda mahalliy politsiya o'g'rilarni qidirmoqda
Ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining uyiga bostirib kirishlar birinchisi emas.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling