Toshkent viloyatida fuqaroning behayo rasmlarini tarqatib yubormaslik uchun pul talab qilgan "Dilafro'z" ismli erkaklar ushlandi

Ikki erkak fuqarodan uning rasmlarini tarqatib yubormaslik uchun 1000 dollar talab qilgan

Foto: NextPit

Foto: NextPit

Toshkent viloyati Piskent tumanida 24 yoshli erkakning behayo rasmlarini tarqatmaslik uchun 1 000 dollar talab qilganlar ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Piskent tumanida 24 yoshli fuqaro ariza bilan murojaat qilib, Instagramʻda “Dilafroʻz” ismli qiz bilan tanishib, unga boshqalar koʻrishi mumkin boʻlmagan fotosuratlarini yuborganini aytgan. Fuqaro qiz bilan koʻrishish uchun uchrashuvga chiqqan vaqtida esa nomaʼlum ikki shaxs uni kutib olgan.

Shuningdek, ular fuqaroning rasmlarini ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib yubormaslik evaziga 1 000 dollar talab qilganini bildirib, ularga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida katta miqdorda pul talab qilgan shaxslar Yangiyoʻl shahrida yashovchi 34 va 28 yoshli shaxslar ekani aniqlangan. Ularga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilayotgani maʼlum qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling