Foto: getty images
Ma'lum bo'lishicha, bolonyaliklar Shomurodovni 10 million yevroga sotib olish huquqi bilan ijaraga oladi. Eldor ma’lum ko‘rsatkichlarga erishgan taqdirda sotib olish huquqi majburiyatga aylanadi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira o'zining Twitter sahifasida xabar berdi.
“Bolonya” 27 yoshli futbolchini sotib oladigan bo‘lsa 2027-yilga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzolanadi.
Avvalroq “Roma” erkin agent maqomidagi Andrea Belotti bilan shartnoma imzolash uchun Shomurodovni tezroq sotishni istayotgani xabar qilgandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling