Noyabr oyining boshida yomg'irli ob-havo kuzatilishi mumkin

31-oktabr 2-noyabrda baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin

Foto: UzReport.news<br>

Foto: UzReport.news

31-oktyabr kuni respublika hududi boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Fargʻona vodiysi viloyatlarida baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati kunduzi +13 ...+18 daraja iliqni tashkil etadi, janubda va choʻl hududlarda +19 ...+21 darajagacha boʻlishi kutilmoqda.

1-noyabr kuni respublika shimoliga nam bulutli massivlar kirib kelishi boshlanadi, buning hisobiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va kechga tomon Xorazm viloyati boʻyicha baʼzi joylarda yomgʻir yogʻishi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida quruq va iliq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi +2 ... +7 daraja iliqni, kunduz kuni +16 ... +21 darajani tashkil etadi, janubda va choʻl hududlarida esa +23 ... +25 darajagacha boʻladi.

Noyabr oyining 2-kunida mamlakatimizning barcha hududlari nam havo massalari taʼsiri ostida boʻladi. Respublika boʻyicha yomgʻir yogʻadi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida baʼzi joylarda kuchli boʻladi. Shimoli-gʻarbiy hududlarda biroz yomgʻir yogʻadi. Kunduzgi harorat +12 ... +17 darajagacha pasayishi kutilmoqda.

3-4-noyabr kunlari respublikaning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻishi kutilmoqda. Ushbu kunlarda harorat kechalari +5 ... +10 daraja iliqni, kunduz kunlari +12 ... +17 darajani tashkil etadi.

31-oktabr 2-noyabrda baʼzi joylarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling