Foto: vietnamposts
Italiyaning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Pol Pogba Fransiya terma jamoasidan chetlatilishi mumkin. Bu haqda "Sportsbrief" xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, Pol Pogbaning akasi Matias Pogba futbolchi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni shamanlar orqali jodulashga urinayotgani va bunga isbotlari borligini ma’lum qilgan. Matias bu ma’lumotlarni oshkor qilmaslik uchun ukasidan 13 million yevro undirib ham olgan.
Voqeadan xabar topgan Mbappe bundan xavotirga tushgan va hozircha vaziyatni kuzatib bormoqda. Agar Pogba haqiqatdan ham terma jamoadagi jamoadoshiga nisbatan jodu ishlatmoqchi bo‘lgani tasdiqlansa, bu JCH–2022 oldidan jamoa ichki muhitiga salbiy ta’sir qilishi mumkin. Shu bois katta ehtimol bilan Pol terma jamoani tark etishga majbur bo‘ladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling