Foto: Google source
Qamchiq dovonida kuchli qor yogʻishishi natijasida mashinalar harakatlanishi sekinlashgan.
Dovondagi xizmatlar tomonidan ikki tomonlama qatnov barqaror amalga oshirilishi uchun yoʻllarga qum-tuz aralashmalari sepilib, yoʻllar qor uyumlaridan tozalanmoqda.
Qayd etilishicha, ikki tunnel oʻrtasida koʻrinish masofasi 300 metr, tuman, havo harorati -4 daraja sovuq. Qor qalinligi 35 sm, togʻ yonbagʻirlarida 65 smga yetadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling