O'zbekistonda besh kun ketma-ket yomg'ir yog'ishi kutilmoqda

Harorat me'yordan 10 daraja past bo'lishi mumkin

Foto: Repost<br>

Foto: Repost

O'zbekistonda besh kun davomida ketma-ket yomg'ir yog'ishi, havo harorati esa 8-10 darajaga pasayishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi direktori Sherzodxo‘ja Habibullaxo‘jayev Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, O'zbekistonga 22-26 oktyabr kunlari Kaspiy dengizi mintaqalaridan nam havo, shuningdek, Volga boʻyidan sovuq havo massasi kirib kelishi munosabati bilan, respublika hududlari bo'ylab shu kunlari vaqti-vaqti bilan yomg'ir yog'adi.

22-oktyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yog'ingarchilik kuzatilishi mumkin.

23-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarida, shuningdek, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

24-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

25-oktyabrda Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida, shu bilan birga. 26-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

23-26-oktyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi kutilmoqda.

21-22-oktyabr va 25-oktyabr kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 23-oktyabr va 26-oktyabrda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 m/s gacha, 26-oktyabrda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling