Foto: IIBB YHXB matbuot xizmati
Toshkentning Alisher Navoiy ko‘chasiga yangicha, intellektual kameralar o‘rnatildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, shahar hokimiyati Avstriyaning “Glans Gresselchaft Tashkent” nomli korxonasining Alisher Navoiy ko‘chasini raqamlashtirish bo‘yicha taklifini o‘rganmoqda.
Ayni paytda Navoiy ko‘chasida mazkur korxonaga tegishli yo‘l belgilariga rioya qilmaslik, tezlikni oshirish, mobil telefondan foydalanish, xavfsizlik kamarlaridan foydalanmaslik va boshqa qoidabuzarliklarni qayd etish imkoniyatiga ega intellektual foto va video qayd etish kameralari o‘rnatilgan.
YHXB barcha yo‘l harakati ishtirokchilariga belgilangan qoidalarga amal qilishlarini tavsiya qilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling