Toshkentdagi Shota Rustaveli ko'chasini rekonstruksiya qilish uchun salkam 30 mln dollar sarflanadi

Loyiha 5 yil, 2022-2027 yillar davomida amalga oshiriladi

Foto: uzreport

Foto: uzreport

Shota Rustaveli koʻchasini toʻliq rekonstruksiya qilish uchun 30 million dollarga yaqin mablagʻ sarflanadi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

Ushbu loyiha Global ekologik jamg‘armaning $3,57 mlndagi grant mablag‘lari va BMT Taraqqiyot Dasturining $300 ming miqdoridagi resurslari hisobiga moliyalashtiriladi.

Qayd etilishicha, loyiha 5 yil davomida, 2022-2027 yillar davomida amalga oshiriladi. Uning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan qo‘shma moliyalashtiriladigan qismi $25,57 mlnni tashkil etadi.

Mazkur loyiha davomida Toshkent shahrining Shota Rustaveli ko‘chasini rekonstruksiya qilish, unda piyoda va velosiped yo‘laklari, jamoat transporti uchun alohida ajratilgan yo‘laklar orqali mazkur ko‘chada yashil shahar transport yo‘lagini tashkil etish rejalashtirilgan.

Shuningdek, yashil shahar transport yo‘lagida elektrobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan. Tramvay qatnovini qayta yo'lga qo'yish haqida ma'lumot berilmagan.

Bundan tashqari, loyihaning ijobiy tajribasi asosida yashil shahar transport yo‘laklarini O‘zbekistonning boshqa shaharlarida ham joriy etish rejalashtirilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling