Toshkentda xotinini ayovsiz kaltaklab kelgan erkak hibsdan ozod etildi

U advokatining iltimosiga ko‘ra uy qamog‘iga olingan

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Toshkentda o‘z xotinini yillar davomida kaltaklagan erkak uy qamog‘iga olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Advokatning iltimosnomasiga ko‘ra, ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan. Gumonlanuvchining uch nafar voyaga yetmagan farzandi va keksa ota-onasi borligi sababli hibsdan ozod etilgan. Bundan tashqari, u oiladagi yagona boquvchi ekanligi aytilgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda. Ular tomonlar bildirgan vajlar tekshirilib, natijasi bo'yicha qonuniy qaror qabul qilish ta'minlanishini ma'lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, 10-oktabr kuni jabrlanuvchining onasi kuyovi tomonidan qizini kaltaklagani haqida xabar berilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qiz yetti yildan beri turmush o‘rtog‘i tomonidan kaltaklanib kelgan.

Keyinroq ushbu shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling