Dilnoza Kubayeva “Baron” filmidagi roli uchun 500 ming so‘mdan kam gonorar olganini tan oldi.
Ma'lumki, yaqinda Rustam Sagdiyevning “Baron ” kriminal dramasi premyerasi bo'lib o'tdi. Biroz vaqt o‘tgach, tarmoqda bosh qahramon Baronning rafiqasi rolini ijro etgan aktrisa Dilnoza Kubayevaning so‘zlari tarqaldi.
Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, olgan pulidan keyin o‘ziga va suratga olish jarayonida qilgan mehnatiga achingan.
"Men hammasini ichimga yutadigan, og‘ir-vazmin ayolman, balki shu sababdir “Baron-2. Sog‘inch”da olgan gonorarim haqida aytgim kelmayapti. U yerda juda xunuk bir holat bo‘ldi. Biroz kelishmovchilik ham bo‘lgan, to‘g‘risini aytsam, ozgina qadrimga achindim. Bu haqda birinchi marotaba aytyapman. Lekin baribir murosa qiladigan xalqmiz-da. O‘zbekligimga borib andisha qilib, jim ketdim. Lekin yuragimdagi og‘riq hali ham ketmayapti. Qornimga emas, qadrimga yig‘layapman degan gap bor. Ko‘p narsalar O‘zbekiston kinematografiyani rivojlantirish agentligi rahbariyatiga ma’lum bo‘lmaydi. Ammo bu tomonlama haq-huquqlarimiz ham poymol bo‘lyapti.Rustam aka Sa’diyev mening ustozim hisoblanadi. “Filmda siz rol ijro etgan sahnalar juda ham kam” kabi vajlar bilan 321 ming so‘mdan oshiqroq gonorar oldim. Shu narsa meni bir oydan buyon ichimni yeydi. Nahotki?! Shunda ham bizlar kinoni yaxshi ko‘ramiz, baribir kino deymiz. Ammo uyaldim, qadrimga achindim. Eng katta olgan gonorarim xususiy filmda bo‘lgan bo‘lsa kerak. Lekin budjetga olinadigan kinolardan hech qachon yuqori gonorar olmaganman, — deydi aktrisa.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling