O'zbekistonda erkaklarning aksariyati sport bilan shug'ullanishga erinadi – statistika

Erkaklarning atigi 11,5 foizi kuni bir soatdan koʻproq sport bilan shugʻullanadi

Foto: Muhammad Amin/UzA<br>

Foto: Muhammad Amin/UzA

Davlat statistika qoʻmitasi erkaklar oʻrtasida jismoniy faollikka yoʻnaltirilgan soʻrovnoma natijalarini eʼlon qildi.

Qayd etilishicha, 2022-yilning yanvar-iyul oylari holatiga koʻra, sport bilan kuniga bir soatdan kam shugʻullanadigan erkakalar 66,5 foizni tashkil qilgan.

Ma'lum qilinishicha, 22 foiz erkaklar esa kuniga bir soatdan mashq qilishini aytgan.

Shu bilan birga, erkaklarning atigi 11,5 foizi kuniga bir soatdan ko'proq vaqt davomida sport bilan shug'ullanishi ma'lum bo'lgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling