Foto: Repost.uz
16-sentyabr kuni O‘zbekiston bo‘yicha asosan yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 16-sentyabr kuni Samarqand, Jizzax viloyatlarida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Havo harorati kunduzi 27-32 darajadan oshmaydi.
Xabarga ko'ra, dam olish kunlari respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat ertaga tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati kechalari 11-16 daraja, kunduzi 27-32 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling