Farg'onada yettita mahallaga ajratilgan ko'mirni talon-taroj qilgani aytilayotgan ombor mudiri ushlandi

Mahallaga ajratilgan jami 300,5 tonna koʻmir boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborilgan

Foto: Prokuratura Depratamenti<br>

Foto: Prokuratura Depratamenti

Fargʻona viloyatining Oltiariq tumanida yettita mahallaga ajratilgan koʻmirni talon-taroj qilgani aytilayotgan omborxona mudiri qoʻlga olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltiariq tuman boʻlimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari oʻtkazildi.

Tekshiruv natijalariga koʻra, “K.t” MCHJ Fargʻona viloyati filiali Soʻx koʻmir ombori mudiri va tumandagi boshqalar yettita MFY uchun ajratilgan koʻmirlarni goʻyoki aholiga yetkazib berilganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirgan. Maʼlum qilinishicha,ular jami 300,5 tonna koʻmirni boshqa shaxslarga bozor narxida sotib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling