Foto: RIA Novosti
Tolibon o'z imkoniyatlari doirasida terroristik tashkilotlar Ukrainaga o'tkazishga yo'l qo'ymasliklarini kafolatladi.
"Tolibon o'zlarining bor imkoniyatlari doirasida terroristik tashkilotlar, jumladan IShID jangarilari Ukrainaga o'tkazishga yo'l qo'ymasliklariga kafolat beradi. Shuningdek, ular bu va'dasini ustida turadi, ular ikkiyuzlamachi emas", deydi Zamir Kabulov.
O'tgan yilning avgust oyida hokimiyat tepasiga kelgan Tolibon Afg'oniston hududidan Rossiya va Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizligiga hech qanday tahdid bo'lmasligiga va'da bergan edi.
2021-yil avgust oyi boshida Tolibon afg'on hukumat kuchlariga qarshi hujumni kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e'lon qildi.
Avgust oyining so'nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo'lgan Kobul aeroportidan G'arb fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg'onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi.
31-avgustga o'tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg'onistondagi qariyb 20 yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi.
Sentyabr oyi boshida Afg'oniston muvaqqat hukumati tarkibi e'lon qilindi, unga Tolibonning birinchi hukmronligi davrida tashqi ishlar vaziri lavozimini egallagan va 2001-yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo'lgan Muhammad Hasan Oxund boshchilik qilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling