Buyuk Britaniya qishda elektr ta'minotida katta uzilishlarga tayyorlanmoqda

Elektr energiyasi uchun to'lovlar ikki barobarga oshirilishi mumkin

Foto: UzReport.news<br>

Foto: UzReport.news


Buyuk Britaniya qishda sanoat va uy xo'jaliklari uchun elektr energiyasining katta uzilishiga tayyorgarlik ko'rmoqda, deya xabar berdi "Bloomberg"

Hukumat rasmiylarining aytishicha, yanvar oyida bo'lishi kutilayotgan g'ayritabiiy sovuqda gaz taqchilligi ro'y berishi mumkin. Shu sababdan, bir qator sanoat va turar-joy binolari elektr energiyasiz qolishi kutilmoqda.

Prognozlarga ko'ra, kutilayotgan past haroratlar hamda Norvegiya va Fransiyadan elektr energiyasi importining kamayishi, shunindek, yanvar oyida to'rt kun davomida Buyuk Britaniya gazni tejash choralarini ko'rishi mumkin.

BIES ning ta'kidlashicha, bunday holatda ko'mir yoqilg'isi bilan ishlaydigan elektr stansiyalarini favqulodda rejimda qayta ishga tushirgan taqdirda ham elektr quvvati taqchilligining oltidan bir qismiga to'g'ri keliishi mumkin.

Hukumat departamenti rasmiylarining ta'kidlashicha, uy xo'jaliklari, korxonalar o'zlariga kerak bo'lgan elektr va gazni olishlari mumkin. Biroq, berilgan ma'lumotlarga qaraganda, elektr energiyasi uchun to'lovlar ikki barobarga oshirilishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda yanvar oyidagi o'rtacha hisob-kitoblar 2000 funt sterlingdan 4,200 funt sterlingga (5,086$) oshishi mumkin.

Qatd etilishicha, Qirollik ayni damda Yevropa Ittifoqiga rekord darajadagi gazni yetkazib bermoda. Agar qishda kutilganidek harorat keskin tushib ketsa, Buyuk Britaniya Yevropadan ko'proq quvur liniyasi gazini import qilishga majbur bo'lishi mumkin.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling