JCH—2022. Portugaliya Shveysariyani yirik-hisobda tor-mor etdi

Nimchorak final uchrashuvlari yakunlandi

Qatarda boʻlib oʻtayotgan Jahon Chempionatining nimchorak final uchrashuvlari yakunlandi. Portugaliya — Shveysariya terma jamoalari oʻrtasida oʻtkazilgan oʻyinda yirik hisob qayd etildi.

Portugaliya — Shveysariya 6:1

Gollar: 1:0 – 17 Gonsalu Ramush, 2:0 – 33 Pepe, 3:0 – 51 Gonsalu Ramush, 4:0 – 55 Gerreyru, 4:1 – 58 Akanji, 5:1 – 67 Gonsalu Ramush, 6:1 — 90+2 Leau.

Portugaliya: Diogu Koshta, Diogu Dalot, Pepe, Ruben Diash, Gerreyru, Vilyam Karvalyu, Otavio (Vitinya, 74), Bernardu Silva (Ruben Nevesh, 81), Brunu Fernandesh (Leau, 87), Joau Feliks (Ronaldu, 73), Gonsalu Ramush (Rikardu Orta, 74).

Shveysariya: Zommer, Rodriges, Sher (Jemert, 46), Akanji, Fernandesh, Vargas (Okafor, 66), Jaka, Froyler (Zakariya, 54), Sou (Seferovich, 54), Shakiri, Embolo (Jashari, 89).

Ogohlantirishlar: Sher (43), Jemert (59).

Portugaliya chorak final yoʻllanmasiga ega chiqdi. Fernandu Santush shogirdlari 1/4 finalda Marokash bilan bahs olib boradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar