Shavkat Mirziyoyev 2023-yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili deb eʼlon qildi

Taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻlidir — deydi prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi davomida 2023-yilni “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim” yili deb eʼlon qildi.

“Taʼlim sifatini oshirish – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona toʻgʻri yoʻlidir! Ushbu sohada boshlagan islohotlarimizni davom ettirishimiz, taʼlim dargohlariga borib, oʻqituvchi va murabbiylar bilan koʻproq muloqot qilib, sifatni oshirish boʻyicha ular qoʻygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerak.

Biz kelgusi yil Davlat dasturiga xalqimiz koʻtargan barcha masalalarni aniq yechimlari bilan kiritamiz.

Ushbu jarayonlarda deputat va senatorlar, mahalla vakillari, ziyolilar, yoshlar, tadbirkorlar va keng jamoatchiligimizdan faol boʻlishlarini, yangi-yangi taklif va tashabbuslar bildirishlarini soʻrayman”, — deydi Shavkat Mirziyoyev.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling