Britaniyaliklarga kamroq go'sht yeyishni tavsiya qilishdi

Mutaxassislar fikricha, iqlim o'zgarishiga qarshi kurash 10 yil ichida go'sht iste'molini 30 % ga kamaytirishni talab qiladi

Foto: theworld.org

Foto: theworld.org

Buyuk Britaniyada aholiga global isishning oldini olish uchun go'sht va sut mahsulotlarini kamroq iste'mol qilishni maslahat berishdi. Bu haqda “The Guardian” ma'lum qildi.

Ma'lum bo'lishicha, hozirgi vaqtda Angliya qishloq xo'jaligi yerlarining 85 foizi chorva hayvonlari uchun yaylov sifatida foydalaniladi.

Mutaxassislar ta'kidlashicha, yerlardan barqaror foydalanish va iqlim o'zgarishiga qarshi kurash 10 yil ichida go'sht iste'molini 30 foizga kamaytirishni talab qiladi.

Tadbirkor Genri Dimblbining fikricha, yerdan barqaror foydalanish va ekologik inqirozdan qochishning yagona yo'li hisoblanadi.

"Bunday maslahat fuqarolarga yoqmasligi mumkin, ammo bu iqlim o'zgarishiga qarshi kurashishning yagona yo'li sanaladi" deb qo'shimcha qilgan atrof-muhit, oziq-ovqat va qishloq masalalari departamenti a'zosi Genri Dimblbi.

Ma'lumot o'rnida, 2019-yil O'zbekiston fermerlar kengashi raisi Akmal Hayitov go'sht narxi osishiga sabab qilib aholi ko'p go'sht yeb yuborayotganligini aytgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling