Foto: manuntd.com
Krishtianu Ronalduning "Everton"ga qarshi bahsdagi golni nima uchun noodatiy tarzda nishonlagani ochiqlandi.
Xabaringiz bor, Ronalduning “Everton” darvozasiga urgan golini nishonlashi internet tarmog'ida virusga aylanib ulgurdi. Bu harakatni turli futbolchilar, yoshlar takrorlay boshladilar.
Koʻpchilik buni nihoyat APLda mavsumdagi ilk golini urgan Ronalduning xotirjam tortishi bilan izohlagandi, ammo unday emas ekan.
Gap shundaki, Krishtianu doim “Yunayted”dagi yosh futbolchilarga uyquga eʼtibor berish kerakligi, bu sport formasni ushlab turishda juda muhim ekanini uqdirar ekan. U bu haqida shu darajada koʻp va takroran gapirganki, yosh futbolchilar bu haqida xazil gaplar qilishni boshlab yuborishgan.
Ronaldu asosan ikki usulda – “murda” va “embrion” koʻrinishida uxlashini aytgan va golni nishonlash chogʻida, oʻsha usullardan birini namoyish qilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling