Toshkentda yana to‘rtta yangi avtobus yo‘nalishi ishga tushdi — foto

Avtobuslar harakati 5-sentabrdan yo'lga qo'yildi

Toshkentda 5-sentabrdan boshlab to‘rtta yangi avtobus yo‘nalishi tashkil etiladi. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi xabar berdi.

Yangi yo‘nalishlar aholining jamoat transportidan foydalanish darajasini oshirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bular quyidagilar:

39-sonli “3-metro bekati—Qo‘yliq bozori” yo‘nalishi. 3-metro bekatidan Beshariq, Izzat, Mo‘ynoq, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali Qo‘yliq bozori bekatiga (ko‘prik osti) qadar, qaytish yo‘nalishdagi harakati Qo‘yliq bozori bekatidan Farg‘ona yo‘li, Mo‘ynoq, Izzat, Beshariq, Aviasozlar, Birlashgan, Ohangaron shossesi, Beshariq ko‘chalari orqali 3-metro bekatiga qadar harakatlanadi. Ish tartibi 6:00 dan 21:30 gacha.

112-sonli “Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi—Qo‘yliq dehqon bozori” yo‘nalishi. Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasidan Mirzo Tursunzoda, Lutfkor, Yangi Sergeli yo‘li, Qipchoq, Yangi Hayot,Xonariq, X.Jo‘rayev, THAY ko‘chalari orqali Qo‘yliq dehqon bozoriga qadar harakatlanadi. Ish tartibi soat 6:00 dan 21:30 gacha.

133-sonli “Gulzor mahallasi – Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasi” yo‘nalishi. To‘g‘ri yo‘nalishdagi harakati Gulzor mahallasidan 4R21, Chortoq, Qanora, Marg‘ib, Davlatobod, Birodarlik, Qo‘rg‘ontepa, Qipchoq ko‘chalari orqali Qipchoq transport o‘tish bog‘lamasiga qadar harakatlanadi. Ish tartibi soat 6:00 dan 21:54 gacha.

137-sonli “Mahalliy havo yo‘llari aeroporti — Elektroapparat ICHB bekati” yo‘nalishi. Mahalliy havo yo‘llari aeroporti transport o‘tish bog‘lamasidan Qumariq, THAY, Qo‘shqo‘rg‘on, Qo‘shqo‘rg‘on 2-tor, Uchqo‘rg‘on, Yangi Qo‘yliq, Fayziobod 1-tor, Beshkent, Eski Otchopar, Farg‘ona yo‘li ko‘chalari orqali Elektroapparat ICHB bekatiga qadar harakatlanadi. Ish tartibi soat 6:00 dan 20:50 gacha.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling