Foto: VnEconomy
Meta bosh direktori Mark Sukerberg bir yil ichida taxminan 100 mlrd dollar yo'qotdi. Bu haqda "Forbes" xabar bermoqda.
27-oktyabr kuni choraklik hisobotlar e'lon qilinishi fonida kompaniya aksiyalari quladi, natijada tadbirkorning boyligi 11 mlrd dollarga kamaydi.
O‘tgan yilning sentyabr oyida Sukerbergning boyligi 136,4 mlrd dollarga baholangandi. O‘shandan buyon Facebook aksiyalari 74 foizga arzonlashgan, buning natijasida tadbirkor 100 mlrd dollarga yaqin mablag' yo‘qotgan.
Mutaxassislarning fikricha, Meta’ning investitsion jozibadorligi raqamli reklama segmentidan tushadigan daromadning qisqarishi tufayli pasaygan. "Bozor ishtirokchilarining "metaverse" va sun'iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga nisbatan shubhalari ta'sir qilgan bo'lishi mumkin", deyiladi xabarda.
Ayni paytda Meta rahbari dunyoning eng boy odamlari reytingida 29-o‘rinni egallab turibdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling