Foto: givemesport
Sobiq futbolchi Antonio Kassano Portugaliya termasi futbolchisi Krishtianu Ronaldu haqida o'z fikrini bildirib o'tdi. Bu haqda "ilbiancoreno" nashri xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Kassano Krishtianu Ronalduning faoliyatini yakunlashi tarafdori.
“Eplay olmayapsanmi, ket. Bunday holat barcha sportchilarda boʻlgan va boʻladi.
Ronaldu barcha sovrinni yutdi. U fenomenal sportchi, katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Biroq buni toʻxtatishning vaqti keldi.
Masalan, u ”Manchester Yunayted“ning zaxira futbolchisiga aylanib boʻldi”, — dedi Kassano.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling