Turkiya prezidenti milliy elektromobilni sinovdan o'tkazdi

Turkiyada TOGG brendi ostida milliy elelktromobillarni seriyali ishlab chiqarish ishlari olib borilmoqda

Foto: vestikavkaza.ru

Foto: vestikavkaza.ru

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgon Gemlik shahridagi TOGG elektromobillar zavodida boʻldi. Bu haqda vestikavkaza.ru xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Turkiya rahbari avtomobil korpusi va oʻrnatilishi ishlari olib borilayotgan jarayonlar bilan tanishgan. Shundan soʻng, u rafiqasi Emine Erdoʻgʻon hamrohligida elektromobilni haydab koʻrdi.

Sinovdan soʻng Turkiya rahabri zavod ishchilari va tadbir mehmonlari bilan oʻz taassurotlari haqida oʻrtoqlashdi.

“TOGG nufuzli turk brendi sifatida dunyoning koʻplab davlatlarining yoʻllarini bezatadi”, — deydi Turkiya rahbari.

Maʼlumot uchun, Turkiyada TOGG brendi ostida milliy elelktromobillarni seriyali ishlab chiqarish ishlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling