Foto: Sputnik
Farg‘ona viloyatining O‘zbekiston tumanida bog‘chadan qochgan to‘rt yoshli bola cho‘kib ketdi. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 21 -yul kuni u 23-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi hududidan chiqib, bog‘chaga olib kelgan katta opasining orqasidan yugurib ketgan. Bola uyi yaqinida sirpanib ketish sababli u daryoga tushib, cho'kib ketgan.
Maʼlum qilinishicha, mazkur ma'lumot Maktabgacha ta'lim vazirligiga kelib btushishi bilanoq, barcha holatlarga aniqlik kiritish maqsadida kompleks tekshiruv ishlari boshlangan.
Tekshiruv davomida tashkilot pedagoglari va rahbarining ehtiyotsizligi hamda loqayd munosabati bolaning oʻlimiga sabab boʻlgani, shuningdek, ushbu maktabgacha taʻlim muassasasi rahbarining faoliyatini tashkil etishda bir qator boshqa huquqbuzarliklar aniqlandi va barcha materiallar zudlik bilan huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgan.
Olib borilgan tekshiruv natijasida bola bog‘cha hududidan avval ham bir necha marta ruxsatsiz chiqib ketgani ma’lum bo‘lgan. Biroq bog‘cha xodimlari buni yuqori idoralardan yashirgan va bundan hech qanday xulosa chiqarmagan.
Shunindek, Bosh prokuratura olib borilgan tekshiruvlar natijasida, bog‘chada qariyb 25 mln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilinganini ma’lum qildi.
Bosh prokuratura DMTTning moliyaviy faoliyati o‘rganilganda, tarbiyalanuvchilar uchun sarflanishi lozim bo‘lgan 24,3 mln. so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari talon-toroj qilinganligi ham aniqlangan.
Xabarlarga koʻra, holat yuzasidan 6-sentabr kuni bog‘cha mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 116-moddasi 3-qismi (kasbiy burchlarini lozim darajada bajarmaslik) hamda 167-moddasi 2-qismi "g" bandi (o'zlashtirish yoki rastrata yo'li bilan talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling