JCH-2022. Portugaliya Ganani mag'lub etdi- video

"H" guruhidagi Urugvay va Janubiy Koreya terma jamoalari durang o‘ynadi

Foto: Telegram

Foto: Telegram

Qatarda jahon chempionati guruh bosqichining beshinchi kungi bahslari davom etmoqda.

“H” guruhida Urugvay va Janubiy Koreya terma jamoalari durang o‘ynab, bir-birlariga ochko ulashishdi.

Ikkinchi o‘yin esa ancha “olovli” bo‘ldi: Portugaliya Ganani 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Krishtianu Ronaldu birinchi golni penaltidan kiritdi. Keyin Andre Ayyudan javob keldi. 78-daqiqada Joau Feliks, yana ikki daqiqa o'tib Rafael Leao gol urdi. Yakunda ganalik Usmon Buqori o‘zini ko‘rsata oldi.

Portugaliya- Gana 3:2

24-noyabr, 21.00, “Stadium 974”

Gol: 1:0 – 65, penalti Ronaldu, 1:1 – 73 Ayyu, 2:1 – 78 Joau Feliks, 3:1 – 80 Rafael Leau, 3:2 – 89 Bukari.

Portugaliya – Diogu Koshta, Joau Kanselu, Danilu Pereyra, Ruben Diash, Gerreyru, Otavio (Vilyam Karvalyu, 56), Bernardu Silva (Palinya, 88), Ruben Nevesh (Rafael Leau, 77), Brunu Fernandesh, Ronaldu (Gonsalu Ramush, 88), Joau Feliks (Joau Mariu, 88).

Gana – Ati-Zidji, Seydu (Lempti, 66), Djiku (Semenyo, 90), Amarti, Salisu, Baba, Parti, Kudus (Bukari, 77), Abdul-Samed (Kyere, 90), Ayyu (Ayyu, 77), Uilyams.

Ogohlantirishlar: Kudus (45), Ayyu (49), Seydu (57), Uilyams (90), Danilu Pereyra (90), Brunu Fernandesh (90).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar