Chilonzorda qarama-qarshi yo'ldan harakatlangan haydovchiga chora ko'rildi

Haydovchi mashinani tegishli hujjatlarsiz, haydovchilik guvoxnomasiga ega boʻlmagan holda boshqargan

Foto: Toshkent shahar IIBB

Foto: Toshkent shahar IIBB

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Chilonzor tumanida Lacetti avtomobili qarama-qarshi yo'nalishda harakatlangani aks etgan video tarqalgandi. Holat yuzasidan IIBB xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha, joriy yilning 24-avgust kuni taxminan soat 22:20 atrofida 36 yoshli haydovchi Lacetti avtomashinasini tegishli hujjatlarsiz, haydovchilik guvoxnomasiga ega boʻlmagan holda boshqarib, Chilonzor tumani Bunyodkor shoh koʻchasida yoʻlning qarama-qarshi tomonida harakatlangan.

Huquqbuzarlik sodir etgan fuqaroga nisbatan Ma'muriy jinoyat kodeksining 128 prim 5-moddasi 2-qismi, 135-modda, 194-modda bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirilgan. Toʻplangan hujjatlar oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqish uchun jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tumani sudiga taqdim etilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling