Foto: Uzreport.news
Hokim yordamchilari suhbat asosida OTMga qabul qilinishi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori muhokamaga qoʻyildi.
Unga koʻra, oliy maʼlumotga ega boʻlmagan hokim yordamchilari davlat OTMlarining iqtisodiy taʼlim yoʻnalishlariga hokimning tavsiyasi bilan davlat granti asosida sirtqi taʼlim shakliga suhbat asosida oʻqishga qabul qilinishi mumkin.
Ularni oʻqitish xarajatlari Davlat budjetidan qoplab berilishi aytilgan.
Qaror muhokamasi 19-noyabrga qadar davom etishi belgilangan
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling