Germaniya marixuana moddasini qonuniylashtirmoqchi

Hujjat mamlakat aholisiga 20-30 grammgacha giyohvandlik moddasini sotib olish va saqlash huquqini beradi

Foto: Delfi<br>

Foto: Delfi

Germaniya hukumati marixuana giyohvandlik moddasini qonuniylashtirish boʻyicha taklifni maʼqulladi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Germaniya sogʻliqni saqlash vaziri Karl Lauterbax qonun 2024-yilda qabul qilinishi mumkinligini taʼkidlagan. Yakuniy qarorni Yevropa Komissiyasi hal qiladi.

“Agar qonun loyihasi Yevropa va xalqaro qonunlarga muvofiq tekshirilsa, qonuniylashtirishga ruxsat berilishi mumkin”, — deydi Karl Lauterbax.

Ushbu qonun loyihasi tasdiqlangan taqdirda, hujjat mamlakat aholisiga 20-30 grammgacha giyohvandlik moddasini sotib olish va saqlash, shuningdek, oʻsimlikni oʻz xonadonida koʻp boʻlmagan miqdorda yetishtirish imkonini beradi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling