Foto: okmagazine
Kolumbiyalik qo'shiqchi Shakira ilk bor ispaniyalik futbolchi Jerard Pike bilan 12 yillik turmushdan so'ng ajrashganiga izoh berdi. Bu haqda "Hola" nashri xabar qildi.
Shakiraning 9 va 7 yoshli o'g'illari hayotida qiyin damlarni boshdan kechirayotganini tan olgan.
"Bu haqda gapirish juda qiyin. Chunki omma ko'z oldida bo'lganimiz uchun bizniki oddiy ajralish emas. Shuning uchun bu nafaqat menga, balki bolalarimga ham qiyin bo'ldi. Aql bovar qilmaydigan darajada qiyin bo'ldi. Men bularning barchasini bolalardan yashirishga harakat qildim. Men ularni himoya qilishga harakat qilaman, chunki bu mening asosiy missiyam. Lekin baribir ular maktabda do'stlaridan nimadir eshitishadi yoki Internetda biron bir noxush xabarni ko'rishadi", — dedi qo'shiqchi.
Qayd etish joizki, Jerar Pike allaqachon 23 yoshli Klara Chia Marti bilan yangi munosabatlarni boshalgan.
Avvalroq Barselona prokuraturasi kolumbiyalik qo‘shiqchi va raqqosa Shakirani oltita soliq jinoyatida ayblagani xabar qilingandi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling