Soch uchun qo'llaniladigan kimyoviy vositalar saraton kasalligi xavfini oshiradi

Buyuk Britaniyada har 36 ayolning biri bachadon kasalligidan aziyat chekadi

Foto: Mirror<br>

Foto: Mirror

Olib borilgan yangi tadqiqotlar natijasida sochni tekislash uchun qo'llaniladigan kimyoviy vositalar ayollarda o'limga olib keluvchi saraton kasalligining rivojlanish xavfini ikki barobar oshirishi mumkinligi aniqlandi. Bu haqda "Mirror" nashri xabar bermoqda.

Tadqiqotlarga ko'ra, soch tekislash uchun kimyoviy vositalarni tez-tez ishlatadigan ayollarda, ulardan foydalanmaydigan ayollarga nisbatan, bachadon saratoni rivojlanish xavfi yuqori bo'ladi.

Ma'lum qilinishicha, tadqiqotchilar 35 yoshdan 74 yoshgacha bo'lgan qariyb 34 ming nafar ayolni o'rtacha 11 yil davomida kuzatgan. Ushbu kuzatuvlar natijasida 378 nafar ayolda kasallik rivojlangani aniqlangan.

"Biz hech qachon kimyoviy soch tekislovchi vositalardan foydalanmagan ayollar bilan ushbu vositalardan doimiy foydalangan ayollar o'rtasida kuzatuvlar o'tkazdik. Natijada kimyoviy vositalardan foydalanmagna ayollarda saratonga chalinish holatlari 70 yoshda 1,64 foizni, tekislovchi vositalardan doimiy foydalanuvchi ayollar orasida esa 4,05 foizga ko'pligi aniqlandi", — deydi AQSh Milliy Atrof-muhit salomatligi xavfsizligi instituti tadqiqot rahbari Aleksandra Uayt o'z bayonotida.

Shuningdek, boshqa xavf omillarini hisobga olgan holda, soch tekislash vositalaridan doimiy foydalanib kelgan ayollarda bachadon saratoni kasalligi rivojlanish ehtimoli ikki yarim barobar yuqori ekanligi aniqlangan.

Xabarga ko'ra, ilgari olib borilgan tadqiqotlar davomida kimyoviy soch tekislagichlar ko'krak va tuxumdon saratoni xavfi yuqori bo'lgan endokrinni buzuvchi kimyoviy moddalarni o'z ichiga olishi ma'lum bo'lgan.

Shu bilan birga, soch uchun kimyoviy vositalaridan ko'proq qora tanli ayollar foydalanishi aniqlangan. Chunki ularning sochlari qattiq va dag'al bo'ladi. Shu sababli bu kasallik ularda ko'proq uchraydi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Buyuk Britaniyada har 36 ayolning biri bachadon kasalligidan aziyat chekadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling