Foto: givemesport
“Liverpul” va “Nyukasl”ning sobiq himoyachisi Xose Enrike “Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronalduni tanqid qildi.
Portugaliyalik futbolchining “Liverpul”ga (2:1) qarshi oʻyin oldidan Gari Nevill va Roy Kin bilan salomlashgani, mersisaydliklar sobiq himoyachisi Jeymi Karragerga qoʻl uzatmagani Xose Enrikega yoqmagan.
“Ronalduni Karragerga hurmatsizlik qilishi notoʻgʻri. Kin va Nevill ham Sky Sports telekanalida Krishtianuni "oʻldirishgan”, shuning uchun bunday munosabatga asosiy sabab tanqid emasligiga ishonchim komil.
Karrager shuncha vaqt futbol oʻynadi, “Liverpul” uchun juda koʻp oʻyinlarda qatnashdi. Krishtianu hurmat belgisi sifatida salomlashishi kerak edi.
Bu — Ronalduni hech qachon yoqtirmasligimga yana bir misol. Krishtianu faoliyatini tugatganidan soʻng uning yonida kimlar qolar ekan? Koʻramiz», — deb yozdi ispaniyalik sobiq futbolchi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling