Farg‘onada yuk mashinasi yo‘l chetidagi uyga borib urildi — foto

Tan jarohati olganlar va jabrlanganlar yo‘q.

Foto: Farg'ona viloyati FVB

Foto: Farg'ona viloyati FVB

Farg‘ona shahrida Howo yuk mashinasi xonadonlardan biriga urilib, uyning devorini buzib o‘tdi. Bu haqda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Farg'ona viloyati FVB

Foto: Farg'ona viloyati FVB

Ma’lum qilinishicha, 18-oktyabr kuni soat 06:55 da viloyat FVB Tezkor boshqaruv markazi navbatchi dispetcherlik xizmatiga «Furqat» MFY, Farg‘ona halqa yo‘lida harakatlanib ketayotgan Howo yuk mashinasi xonadonlardan biriga borib urilgani to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Aniqlanishicha, haydovchi yuk mashinasi boshqaruvini yo‘qotishi oqibatida Bahor ko‘chasi 92/921-uyda yashovchi fuqaroning yashash uyiga borib urilgan.

Foto: Farg'ona viloyati FVB

Foto: Farg'ona viloyati FVB

Sodir etilgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida fuqaroning yashash uyiga zarar yetgan. Tan jarohati olganlar va jabrlanganlar yo‘q.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar