Senat sayti skrinshoti
Nomaʼlum shaxslar Oliy Majlis Senati veb-saytiga buzib kirib, Kiberxavfsizlik markaziga xabar qoldirdi.
“Kiberxavfsizlik markaziga salomlar”, — deyiladi xabar matnida.
Oliy Majlis Senatining Telegram'dagi kanali ushbu holatga munosabat bildirdi.
"2-noyabr kuni Oliy Majlis Senatinning Senat.uz rasmiy sayti xakerlar hujumi tufayli resursning ish qobiliyati buzilgan. Ayni paytda sayt faoliyatini qayta tiklash choralari koʻrilayotganligini maʼlum qilamiz", deyiladi rasmiy xabarda.
Mutaxassislar Toshkent vaqti bilan soat 12:04 ga kelib kiberhujumni bartaraf etishga muvaffaq boʻlgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling