Ronalduni barcha davrlarning eng zo'ri deb atagan Mbappe, o'z ukasi bilan finalda jang qilishdan bosh tortgan Hasanboy Do'smatov, Pep Gvardiolani o'z termasiga murabbiy qilishni xohlayotgan Braziliya — kunlik sport dayjesti

Ushbu materialda eng muhim kunlik sport xabarlari bilan tanishib borishingiz mumkin

Foto: New York Times

Foto: New York Times

Repost.uz nashri O'zbekiston va dunyo bo'yicha eng qiziq sport xabarlarini qisqa va tushunarli ko'rinishda bir joyga jamladi.

Modrich: “Xorvatiya termasi va ”Real“ bir xil DNKga ega”

Foto: The Guardian

Foto: The Guardian

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich JCH-2022 1/2 finalida Argentinaga qarshi boʻlib oʻtadigan uchrashuv haqida fikr bildirdi.

37 yoshli yarim himoyachining fikricha, terma jamoaning DNKsi “Real”niki bilan bir xil.

“Xorvatiyaning DNKsini ”Real“ bilan bir xil deyish mumkin. Biz har doim oxirigacha boramiz va hech qachon taslim boʻlmaymiz. Demak, ha, ular bir xil”, – dedi Modrich.

Argentina va Xorvatiya terma jamoalari oʻrtasidagi oʻyin 13-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.

14-kuni boʻlib oʻtadigan ikkinchi yarim finalda Marokash va Fransiya toʻqnash keladi.

Mbappe Ronalduni barcha davrlarning eng yaxshisi deb atadi

Portugaliyalik futbolchi 1/4 finalda jahon chempionati bilan xayrlashdi.

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu Marokashga qarshi bahsdagi magʻlubiyatdan soʻng ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali ushbu turnir chempioni boʻlish asosiy orzusi boʻlganini maʼlum qilgandi.

Uning postiga koʻplab izohlar qoldirildi, jumladan, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe tomonidan toj, hamdardlik belgisi hamda echki (inglizchada GOAT, yaʼni barcha davrlarning eng yaxshisi) smayligini qoldirdi.

Vinisius: “Eslab qoling, 2026-yilgi jahon chempionatida Braziliya dunyoni zabt etadi”

Foto: Goal.com

Foto: Goal.com

JCH-2022dan chiqib ketgan Braziliya termasi futbolchisi Vinisius Junior oʻz fikrlarini bildirdi.

“Maydonda yigʻladim, kiyim almashtirish xonasida yigʻladim. Bir oʻzim samolyotda yigʻladim. Hayotimdagi eng yomon kun. Qattiq hafa edim.

Bir necha marta matn yozdim, oʻchirib tashladim. Ichimdagi gaplarni qay tariqa yozishni ham bilmadim. Biroq koʻzimda yoshlar qolib ketdi. Tabassum mendan chekindi. Uni qaytarish uchun menga vqt kerak.

Futbolni sevaman. U orqali Braziliya qayerda boʻlishi kerak boʻlsa, oʻsha joyga qaytarmoqchimiz.

Biz juda kerakli vaqtda magʻlub boʻldik. Kechiring... Qoʻllab turganingiz uchun rahmat. Sizlar supersizlar! Eslab qoling, 2026-yilgi jahon chempionatida Braziliya dunyoni zabt etadi”, - deb yozadi futbolchi.

Hasanboy Doʻsmatov finalda jang qilishdan bosh tortdi

Foto: Open source

Foto: Open source

Respublika chempionatining -51kg vazn toifasida final jangiga yoʻllanma olgan Hasanboy Doʻsmatov turnirni kumush medal bilan yakunlaydigan boʻldi. Gap shundaki, Hasanboy ikkinchi yarim finalda gʻolib chiqib finalga yoʻl olgan ukasi Faryozbek Doʻsmatovning chempion boʻlishini xohladi.

“Mazkur Oʻzbekiston chempionati men uchun 11 yoki 12-si. Ukam hali yosh bokschi. Unga biroz boʻlsada qoʻllab-quvvatlash boʻlishi uchun final jangida ringga chiqmoqchi emasman. Gʻoliblikni ukamga beraman. Bu Fayozbek uchun keyingi musobaqalar yoʻlida motivatsiya boʻladi”, -dedi Doʻsmatov intervyusida.

Braziliyada Gvardiolaning bosh murabbiy boʻlishini istashmoqda

Foto: Eurosport

Foto: Eurosport

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod nomi maʼlum boʻldi.

Manbaning xabariga koʻra, Braziliya futbol konfederatsiyasi (CBF) “Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiolani terma jamoa boshqaruqiga kelishini istamoqda. Murabbiyning ingliz klubi bilan shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalgi murabbiy Tite Qatarda boʻlib oʻtgan JCH-2022 chorak finalida Xorvatiyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgach, Braziliya terma jamoasidan ketishini eʼlon qilgandi. 61 yoshli mutaxassis 2016-yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgandi.

Rossiyaliklar 2024-yilgi Olimpiadada ishtirok etishga ruxsat olishni xohlashmoqda

Foto: Open source

Foto: Open source

AQSh Olimpiya qo'mitasi Rossiya terma jamoasining 2024-yilda Parijda bo'lib o'tadigan yozgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etishini qo'llab-quvvatlaydi, deb xabar bermoqdaThe Wall Street jurnali.

Rossiyaliklar Olimpiya o‘yinlarida neytral maqom ostida – ya’ni Rossiyaning davlat ramzlarisiz qatnashish huquqini olishlari kerak”, — dedi tashkilot rahbari Syuzanna Lions.

Dekabr oyida Xalqaro Olimpiya qo'mitasi (XOQ) sammitida rossiyalik va belaruslik sportchilarni musobaqalardan chetlashtirish bilan bog'liq chora-tadbirlarni qayta ko'rib chiqish mavzusi ko'tarildi.

Qayd etilishicha, rossiyaliklar va belaruslar barcha cheklovlarga rioya qilgan holda turnirlarda o‘ynash imkoniyatiga ega.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling