JCH-2022. Braziliya kichik hisobda Kamerunga yengildi, Serbiya 5 ta gol urilgan bahsda Shveysariyaga imkoniyatni boy berdi

Ushbu guruhdan Braziliya ham Shveysariya keyingi bosqichga yo'l oldi

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Braziliya terma jamoasi JCH-2022 guruh bosqichi 3-turida Kamerunga imkoniyatni boy berdi.

Kamerunliklar gʻalaba qozonganiga qaramay, “G” guruhida 3-oʻrinni egallab, pley-offga chiqa olishmadi (4 ochko).

Braziliya (6 ochko) birinchi oʻrinda qoldi, 1/8 finalda 2-oʻrindan guruhda peshqadamlikni braziliyaliklarga toʻplar nisbati boʻyicha boy berib qoʻygan Shveysariya chiqdi.

Bu guruhda soʻnggi oʻrinni 1 ochko jamgʻargan Serbiya terma jamoasi egalladi.

Kamerun – Braziliya 1:0 

2-dekabr, 23.59, “Lusail Iconic Stadium”

Gol: 1:0 – 90 Abubakar.

Kamerun – Epassi, Fe, Eboss, Vu, Tolo, Kunde (Ntcham, 68), Zambo-Angissa, Ngamale (Ngom-Mbekeli, 86), Shupo-Moting, Abubakar, Mbemo (Toko-Ekambi, 64).

Braziliya – Ederson, Dani Alves, Militao, Bremer, Telles (Markinyos, 54), Fred (Bruno Gimaraes, 55), Fabinyo, Gabriel Jezus (Pedro, 64), Rodrigo (Everton Ribeyro, 55), Martinelli, Antoni (Rafinya, 79).

Ogohlantirishlar: Tolo (6), Militao (7), Kunde (28), Fe (32), Abubakar (81), Bruno Gimaraes (85).

Chetlatish: Abubakar (90).

Serbiya terma jamoasi JCH-2022 guruh bosqichi 3-turida Shveysariyaga imkoniyatni boy berdi.

Murabbiy Murat Yakin shogirdlari 6 ochko bilan G guruhida ikkinchi oʻrindan 1/8 finalga yoʻl oldi.

Serbiya – Shveysariya 2:3 

2-dekabr, 23.59, “Stadium 974”

Gollar: 0:1 – 20 Shakiri, 1:1 – 26 Mitrovich, 2:1 – 35 Vlaxovich, 2:2 – 44 Embolo, 2:3 – 48 Froyler.

Serbiya – Milinkovich-Savich, Velkovich (Gudel, 55), Milenkovich, Pavlovich, Kostich, Milinkovich-Savich (Maksimovich, 67), Lukich, Jivkovich (Radonich, 78), Tadich (Djurichich, 78), Mitrovich, Vlaxovich (Yovich, 55).

Shveysariya – Kobel, Vidmer, Sher, Akandji, Rodriges, Shakiri (Zakariya, 69), Djaka, Froyler, Sou (Fernandesh, 68), Vargas (Fassnaxt, 83), Embolo (Okafor, 90).

Ogohlantirishlar: Vidmer (15), Vargas (34), Milinkovich-Savich (47), Pavlovich (56), Raykovich (66), Gudel (81), Mitrovich (82), Djaka (90), Milenkovich (90), Sher (90), Lukich (90).

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar