Oʻzbek shou-biznesidagi kinoaktrisa Luiza Rasulova soʻnggi vaqtlarda telekoʻrsatuvlar va videoroliklarda suratga tushishni toʻxtatgani haqida mish-mishlar tarqaldi.
Aktrisa ushbu mish-mishlarga shaxsan oʻzi izoh berishga qaror qildi.
“Takliflar koʻp, lekin soniga emas, sifatiga qarayman. Kamerani qoʻliga kecha olib, oʻzini mutaxassis deb hisoblaydigan odamlar ham bor. Bu yil men sifat uchun ishlamoqchiman”, — deydi aktrisa.
Uning soʻzlariga koʻra, u 2022-yil davomida uchta mashhur yulduz: Rayhon, Hamdam Sobirov va Shohruxxonlarning kliplarida ishtirok etgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling