Foto: CentralAsia
Qozog'istonning Pavlodar viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida AI-95 markali mahalliy ishlab chiqarilgan benzinni O‘zbekistonga noqonuniy ravishda olib kirishga urinishning oldi olindi.
Ma'lumotlarga qaraganda, Qozog'istondan O'zbekistonga umumiy qiymati 45 millon dollarlik yoxud 50 ming tonna benzin qonunga hilof tarzda eksport qilinishi rejalashtirilgan.
Ta'kidlanishicha, hozirda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Qayd etish kerak, O'zbekistonda AI-95 ning bir litri 12 400 so'm bo'lsa, Qozog'istonda esa uning narxi 194 tenge (4397 so'm) ni tashkil qiladi.
Ma'lumot o'rnida, o‘tgan oy Qozog‘iston 2023-yil yanvar oyi o‘rtalarigacha neft mahsulotlarini avtomobil transportida eksport qilishga cheklovlar kiritdi. Shaxsiy maqsadlarda haydovchiga to'liq yonilg'i bakiga va kanistrda 20 litrdan ko'p bo'lmagan zaxiraga ega bo'lishga ruxsat beriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling