Rossiyada ayoldan pul undirgan o'zbekistonlik erkak sudlandi

Erkak ayolni farzandiga zo'ravonlik qilish bilan tahdid qilgan

Foto: MKRU<br>

Foto: MKRU

Rossiyaning Kaliningrad shahrida birga yashagan ayolidan yarim million rubl ming (90 million 478 ming so'm) undirib, unga zo‘ravonlik bilan tahdid qilgan o‘zbekistonlik erkak sudlandi.

Qayd etilishicha, 33 yoshli erkak 2022-yilning fevralidan boshlab birga yashab kelgan ayoldan bir necha marta 500 ming rubl miqdorda pul talab qilgan.

Ushbu talablar nafaqat ayolga, balki uning farzandiga nisbatan zo‘ravonlik bilan tahdidni ham o‘z ichiga olgan.

Ayol bundan qo‘rqib, erkakka u talab qilgan pulni bergan. Shundan so‘ng ayol holat yuzasidan polisiyaga murojaat qilgan.

Oʻzbekistonlik erkakka Rossiya Jinoyat Kodeksining 163-moddasi 2-qismi "d" bandida (tovlamachilik orqali katta miqdorda pul undirish) koʻzda tutilgan jinoyatninsodir etgan deb topilgan. Shuningdek, u besh yilni umumiy rejimdagi koloniyada oʻtkazishi belgilandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling