Zangiota hokimligi xodimi katta miqdordagi pora olayotgan vaqtida qo'lga olindi

Aniqlanishicha, qo'lga olingan shaxs hujjatlarni qalbakilashtirishni maqsad qilgan

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

Toshkent viloyati Zangiota tumani hokimligi xodimi hujjatlarni qalbakilashtirish uchun pora talab qilgan holda Davlat xavsizlik xizmati tomonidan qo'lgan olindi. Bu haqda UzA xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, qo'lga olingan shaxs Qirg'izistonning ikki fuqarosiga o'qishlarini Toshkentdagi oliy o'quv yurtlaridan biriga o'tkazishga va'da bergan.

Ma'lumotlarga ko'ra, tegishli hujjatlarni qalbakilashtirish evaziga 18 ming AQSh dollari talab qilgan.

Ma'lum qilinishicha, hokimlik xodimi talab qilingan pullarni olayotgan vaqtda qo'lgan olingan.

Shunindek, huquq-tartibot idoralari tomonidan jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling