Namangandan Qirg‘izistonga 2 million dollar olib o‘tmoqchi bo‘ldi – video

Kosonsoy tumanidan kelgan guruh ikki avtomashinada pul olib o‘tishni maqsad qilgan

Namangan viloyatida valyuta kontrabandasi bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Kosonsoy tumanida yashovchi ikki fuqaro "Lacetti"da O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasi tomon harakatlanib ketayotgan edi. Mashinaning salonini ko‘zdan kechirish chog‘ida uning ichida 1,8 million dollar topilgan.

Huquq-tartibot idoralari xodimlari yetkazib beruvchini aniqlash uchun  Kosonsoy tumanidagi bir tadbirkorning oldiga kelishgan. Uning “Malibu” mashinasini tintuv qilish chog‘ida yana 167 ming dollar topilgan.

Olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga jo‘natilishi ko‘zda tutilgan jami 2 million dollar noqonuniy olib chiqib ketilishining oldi olingan.

Barcha holatlar boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling