Toshkent viloyatida tadbirkorning 24 ming dollar pulini qo'lga kiritgan firibgar ushlandi

U pullarni o'z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan

Foto: Repost.uz<br>

Foto: Repost.uz

Toshkent viloyatida tadbirkorning 24 ming dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan fuqaro ushlandi. Bu haqda Prokuratura departamenti axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro yakka tartibdagi tadbirkorning ishonchiga kirib, unga granit toshlarini yetkazib berishni va’da qilgan.

Qayd etilishicha, evaziga aldov yo'li bilan qo'lga kiritilgan 24 ming o'z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgani aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling