Toshkent viloyatida qalbaki pul tayyorlagani aytilayotgan shaxslar qo'lga olindi

100 va 200 ming soʻmlik milliy valyutalarni qalbaki usulda tayyorlagan

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati<br>

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida katta miqdordagi qalbaki kupyuralarni muomalaga kiritmoqchi boʻlgan shaxs ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi. Bu haqda IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Chirchiq shahrida yashovchi 31 yoshli fuqaro 37 yoshli ayoli bilan birga uch nafar tanishlari (bir nafar ayol, ikki nafar erkak) ni jalb qilgan holda, oʻzaro til biriktirib Boʻstonliq tumanida joylashgan dala hovlilarning birini ijaraga olgan. Ushbu dalahovlida 100 va 200 ming soʻmlik milliy valyutalarni qalbaki usulda tayyorlagan.

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Oradan bir muddat oʻtgach, ushbu qalbaki pullarni muomalaga kiritish maqsadida Yangiyoʻl shahar markaziy bozoriga kelgan. Shundan soʻng, ushbu shaxslar (tadbirkorlar xabari asosida) ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan gumonlanuvchi tariqasida qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan xolislar ishtirokida oʻtkazilgan tintuv jarayonida ulardan jami qiymati 26 mln 200 ming soʻmga teng boʻlgan 100 va 200 ming soʻmlik qalbaki kupyuralar va rangli printer daliliy ashyo sifatida olingan (qalbaki pullarga nisbatan ekspertiza tayinlangan).

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Foto: Toshkent viloyati IIB matbuot xizmati

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling