Vestminsterga o'qishga kiritib qo'ymoqchi bo'lgan shaxs ushlandi

Talab qilingan puldan 5000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo'lgan olingan

Foto: Prokratura departamenti<br>

Foto: Prokratura departamenti

Farg'ona viloyatida fuqaroni Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga 10 200 AQSH dollari evaziga o'qishga kiritib qo'ymoqchi bo'lgan shaxs ushlandi.

Qayd etilishicha, Farg'ona viloyati Qo'qon shahrida A. A. boshqa bir fuqaro S.ning ishonchiga kirib, uning qizini 10 200 AQSH dollari evaziga Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universitetiga o'qishga kiritib qo'yishini va'da qilgan.

Fuqaro A.A. talab qilingan puldan 5000 AQSh dollarini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo'lgan olingan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Oqoltin tumani bo'limlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Sh.O'. boshqa bir fuqaro O'.ni tanishlari yordamida Toshkent moliya institutiga o'qishga kiritib qo‘yishi evaziga 1 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling