2023-yildan boshlab O'zbekistonda QQS 12 foizga tushiriladi

Kichikdan o‘rta biznesga o‘tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig‘ining faqat 50 foizini to‘laydi

Foto: Prezident matbuot kotibi

Foto: Prezident matbuot kotibi

2023-yildan boshlab tadbirkorlar uchun bir qancha soliq imtiyozlari joriy qilinadi. Bu haqda prezident matbuot kotibi xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, 2023-yil 1-yanvardan boshlab mikrobiznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4 foizdan 25 foizgacha bo'lgan stavkalari o'rniga yagona 4 foizli soliq stavkasi joriy etiladi.

Bunda, olis hududlardagi va alohida toifadagi tadbirkorlar uchun amaldagi 1 va 2 foizli stavkalar saqlab qolinadi. Yoki ular ixtiyoriy ravishda yiliga 20-30 million so'm to'lasa, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq idoralariga taqdim etish majburiyatidan ozod etiladi.

Ikkinchi toifa, ya'ni aylanmasi 1 milliard so'mdan oshib, umumiy soliq to'lash tartibiga o'tgan korxonalar bir yil davomida foyda solig'ini 2 barobar kam to'laydi.

Shuningdek 2022-yilning boshidan boshlab qo'shimcha qiymat solig'i ham 12 foizga tushirilishi ta'kidlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling