Foto: shutterstock/fotodom
Shtab-kvartirasi Janubiy Koreyada joylashgan Samsung Electronics transmilliy kompaniyasi Rossiya bozoriga 2022-yil oxirigacha qaytishi kutilmoqda. Bu haqda "bnidigital" xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Samsung o'z mahsulotlarini Rossiya uskunalari sotuvchilariga yetkazib berishni qayta tiklashni, shuningdek, rasmiy internet-do'konini qayta ochishni rejalashtiryapti.
"Bu oktabr oyining boshida sodir bo‘lishi ham mumkin", — deydi kompaniyaga yaqin xabardor manba
Qayd etilishicha, Samsungning Rossiya bozoriga qaytishi haqida gapirishga yaqinda Janubiy Koreya brendi Rossiya veb-saytini yangilagani sabab bo‘lishi mumkin. Portalda kompaniyaning yangi smartfonlari haqida ma'lumotlar mavjud.
Samsung kompaniyasi eda bu borada rasmiy izoh berishdan bosh tortgan.
Rossiyada Samsung gadjetlari sotuvi vaqtinchalik to‘xtatilgani haqidagi xabarlar mart oyida paydo bo‘lgan. Rasmiy ravishda kompaniya Rossiyaga mahsulot yetkazib berishni to'xtatayotganini e'lon qilgan.
Xabardor manbalarning ta'kidlashicha, bu Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli emas, balki ta'minot zanjirlari uzilishi sababli kompaniya mahsulotlarini jo'natishning jismonan imkonsizligi bilan bog'liq bo'lgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling