Jizzaxda 2,9 mlrd so'mlik kredit mablag'lari talon taroj qilingani aniqlandi

 Holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda

Foto: Prokuratura departamenti

Foto: Prokuratura departamenti

Jizzax shahrida kredit mablagʻlarini talon-toroj qilgan MCHJlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Jizzax shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Y.” MCHJ rahbari  hududiy tijorat banki filialidan mehmonxona binosini jihozlash uchun ajratilgan 1,5 mlrd soʻm kredit mablagʻini boshqa maqsadalarda sarflab yuborganligi aniqlangan.

Shu kabi, fuqaro oʻgʻlining nomiga “Z.M.” MCHJni tashkil etib, savdo va maishiy hamda tibbiy xizmat koʻrsatish majmuasini jihozlash uchun bank filialidan 1,4 mlrd soʻm kredit olishga erishib, ushbu kreditni oʻzlashtirish maqsadida goʻyoki tovarlar yetkazib berilganligi haqida yuk xatlarini rasmiylashtirish orqali kredit mablagʻini boshqa MCHJlarga oʻtkazib, talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling