Viloyatlar aholisi Toshkent shahriga kamroq ko‘chib kela boshladi – statistika

Bu ko'rsatkich o'tgan yilgidan 4170 kishiga kamaygan

Hududlardan 2022-yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahriga doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlar soni 25 290 kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo'mitasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning mos davriga nisbatan 4170 kishiga kamaygan.

Toshkent shahriga ko‘chib kelganlarning:

Erkaklar – 12 086 kishi

Ayollar – 13 204 kishi

2022-yil yanvar-iyun oylarida Toshkent shahridan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketganlar soni 4813 kishini tashkil etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling