Foto: Transport va yoʻl insratuzilmasi bosh boshqarmasi matbuot xizmati
2022-yilda Toshkent shahrida joylashgan 10 ta markaziy koʻchalarda 2251 ta avtomobil uchun pullik toʻxtash joylari va 57 ta parkomatlar oʻrnatiladi. Bu haqda Toshkent shahar Transport va yoʻl insratuzilmasi bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, boshqarma tomonidan aholi oʻrtasida “Toshkent shahrida avtotransport vositalari toʻxtash joylari va muammolari toʻgʻrisida” soʻrovnoma oʻtkazilgan. Soʻrovlar natijalariga koʻra, ishtirok etgan 8368 nafar qatnashchidan 8117 nafari, yani 97 foizi yoʻl boʻyida notoʻgʻri toʻxtash tufayli harakatlanishda qiyinchiliklarga duch kelganini aytgan.
“Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq quyidagi koʻchalarda davlat-xususiy sheriklik asosida avtomobillarning avtomatlashtirilgan yoʻl boʻyi pullik toʻxtash joylarini tashkil etish belgilangan.
— Glinka koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 202 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 20 ta;
— Bratislava koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 84 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 2 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 8 ta;
— Mirobod koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 385 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 35 ta;
— Avliyo ota koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 150 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 15 ta;
— Taras Shevchenko koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta;
— Said Baraka koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 348 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 34 ta;
— Moshtabib koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 165 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 4 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 16 ta;
— Fidokor koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 120 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 12 ta;
— Sodiq Azimov koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 324 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 11 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 32 ta;
— Yakub Kolas koʻchasi - yoʻl boʻyi avtomobil toʻxtash joyi sigʻimi 180 ta avtomobil joyi, parkomatlar soni 6 ta, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratilayotgan joy 18 ta.
Maʼlum qilinishicha, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yoʻl boʻyi avtoturargohlardan foydalanishda ushbu koʻchalardagi avtomobil toʻxtash joylaridan kelib chiqqan holda 5 foizi aynan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ajratiladi va ularning joylaridan boshqa foydalanuvchilar foydalanishi taqiqlanadi.
Xabarga koʻra, ushbu loyiha asosan imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yoʻl boʻyi avtoturargohlardan foydalanish bepul etib belgilash rejalashtirilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling