Foto: naviib
Toshkentga sotish uchun olib kelinayotgan 260 kg oʻlgan mol goʻshtlari toʻxtatib qolindi. Bu haqda Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, buxorolik 37 yoshli shaxs nobud boʻlgan qoramol goʻshtlarini sotish maqsadida taksiga yuklab Toshkent shahrida tanishi kutib olishini aytib joʻnatgan.
Poytaxt tomon joʻnatilgan yaroqsiz 260 kg goʻshtlar 7-noyabr kuni Samarqand YPX maskanida ichki ishlar xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Goʻshtlarni yaroqlilik darajasini tekshirish maqsadida viloyat veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasiga qarashli tashxis markaziga olib borilgan.
Labaratoriyaning birlamchi tekshiruv natijalariga koʻra go'sht mahsulotlari isteʼmolga yaroqsiz deb topilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling